Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatilmoqda

Metropolitendan foydalanish bilan birga mas’uliyat ham ishib bormoqda. Detektorlar o’rnatilishi ham xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan izohlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatilmoqda

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish oshlari boshlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni”  DUK xabar berdi.

Metall detektorlar

Qayd qilinishicha, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi. Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatiladi.

Xavfsizlik masalasi

“Shu o‘rinda yo‘lovchilardan o‘zi va o‘zgalar xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.