$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

"Eng issiq yoz" O‘zbekistonga tahdid qiladimi?

issiq

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yil O‘zbekistonni eng issiq yoz kutayotgani haqida xabarlar tarqadi. “O‘zgidromet” ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Aprelgacha davom etadigan El-Nino

Unga ko‘ra, butunjahon meteorologlari prognozlariga ko‘ra, hozirda kuzatilayotgan El-Nino hodisasi 2024-yilning apreligacha davom etadi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasidir.

Yog‘ingarchilik kam bo‘lishi kutilayotgan kuz

Shu bilan birga, keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati +40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Nino jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

Issiq yoz mamlakat uchun begona emas

“O‘zgidromet” xabar berishicha, issiq yoz – bu O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Unga ko‘ra, janub va cho‘l hududlarida +40...+45 darajagacha, qolgan hududlarda esa +40...+42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5-7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi.

Keyingi oy prognozlari

Tashkilot avvalroq kelayotgan mart oyida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi xususida taxminlarini taqdim etgan edi. Unga ko‘ra, Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilingan. Taxminlarga ko‘ra, mart oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-2° ga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lib, 4-9° iliqni, janubda 10-11° iliqni tashkil etadi. Oy davomida harorat kechalari 0-5° sovuqdan 5-10° iliqqacha, kunduz kunlari 5-10° iliqdan 17-22° iliqqacha, janubda 20-25° iliqqacha keskin o‘zgarib turishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, Respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Теги :
Жамият