$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

5 yillik tekshiruv: Meta kompaniyasi 91 mln. yevro jarimaga tortildi

positive

Yevropa Ittifoqining yetakchi maxfiylik regulyatori Meta kompaniyasini 91 mln. yevro ($101,5 mln.) miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda “Reuters”.

Jarima sababi

Jarimaga kompaniya ba’zi foydalanuvchilarning parollarini himoyasiz yoki shifrlashsiz beixtiyor saqlaganligi sabab bo‘lgan.

Tekshiruv besh yil avval Meta Irlandiyaning ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasiga (DPC) ba’zi parollarni “ochiq manba”da saqlayotgani haqida xabar berganidan keyin boshlangan.

Foydalanuvchilarning parollari ochiq saqlangan

O‘sha paytda Meta hodisani ochiq tan oldi va ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi parollar tashqi tomonlar uchun ochiq emasligini ta’kidladi.

“Bunday ma’lumotlarga kirishda yuzaga keladigan suiiste’mollik xavfini hisobga olgan holda, foydalanuvchi parollari ochiq saqlanmasligi kerak”, — dedi DPC Irlandiya komissari o‘rinbosari Grem Doyl bayonotida.

Parollardan begona shaxslar foydalanganmi?

“Meta” vakilining ta’kidlashicha, kompaniya 2019-yilda xavfsizlik tekshiruvi paytida xatoni aniqlagandan so‘ng uni tuzatish uchun zudlik bilan chora ko‘rgan va va parollar noto‘g‘ri ishlatilganligi yoki ularga noto‘g‘ri kirish huquqi berilganligi to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘q.

Bundan avvalroq ham, sentabr oyida “Meta” Yevropa Ittifoqida $13,5 mlrd. jarimaga tortilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bunga kompaniya reklama bozorini suiiste’mol qilgani, foydalanuvchilarning xohishidan qat’i nazar, avtomatik ravishda Marketplace xizmatiga ulanishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Теги :
Жамият