$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy bank 2 bankni jarimaga tortdi, yana 27 tasi ogohlantildi

Markaziy bank

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yilning avgust oyidagi yig‘ilishlarida (9 marta) 42 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

Qaysi masalalar bo‘yicha ish ko‘rib chiqilgan?

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 30 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (7 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (1 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir (22 ta) masalalar ko‘rildi.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijasi ham muhokama qilindi.

Jarima va ogohlantirishlar

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining ustav fondi va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablarga, Markaziy bankning ko‘rsatmalariga va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishiga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilmaganligi uchun 7 ta mikromoliya tashkiloti, 2 ta to‘lov tizimi operatorlari va 27 ta tijorat banklari ogohlantirildi.

Теги :
Жамият