Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

Nega “maxfiy” davlat xaridlari ko‘paymoqda?

Davlat xaridlari elektron tizimida buyurtmachilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirilayotgan ayrim davlat xaridlariga “maxfiy” grifi qo‘yilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Nega “maxfiy” davlat xaridlari ko‘paymoqda?

Davlat xaridlari elektron tizimida buyurtmachilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirilayotgan ayrim davlat xaridlariga “maxfiy” grifi qo‘yilmoqda, deb yozmoqda “Revizor” Telegram kanali.

Ushbu belgi qaysi xaridlarda bor?

Ta’kidlanishicha, ushbu “maxfiy” belgisi chakana va ulgurji savdo hamda transport vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq davlat xaridida uchramoqda.

“Qiziq, chakana va ulgurji savdo hamda transport vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq davlat xaridida qanday davlat siri bo‘lishi mumkin? Yoki yo‘lsozlar birorta harbiy texnikani ta’mirlatishgan-u, shu sababli maxfiy davlat xaridi toifasiga kiritishganmi?” — deb yozgan muallif.

Misol

Bunday “maxfiy” davlat xaridlariga “Bog‘ishamol yo‘llardan muntazam foydalanish” boshqaruv kompaniyasi bilan “Diyora” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan 43,5 million so‘mlik shartnoma misol bo‘la oladi. Biroq, ushbu shartnoma bilan tanishish va uni muhokama qilish mumkin emas, chunki u “davlat siri bo‘lgan va maxfiy xususiyatga ega bo‘lgan xaridlar” toifasiga kiradi.

“Bolalab ketgan” “maxfiy” davlat xaridlari

Kanalga ko‘ra, bu “maxfiy” davlat xaridlariga bir misol, xolos. Davlat xaridlari elektron tizimida ayni paytda shu kabi “maxfiy” davlat xaridlari “bolalab ketgan”.

“Revizor” Telegram kanali muallifi “maxfiy” grif bevosita shartnomalarda bosilishiga e’tibor qaratadi. Bu esa amalga oshirilayotgan xaridlarning shaffofligi va halolligiga nisbatan xavotir uyg‘otmoqda.

“Davlat buyurtmachilarining xaridlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshirilib, jamoatchilikka oshkor qilinmay, yashirin tarzda amalga oshirilayotgan “maxfiy” davlat xaridlari holatlari kuzatildi. Bu esa korrupsiyaga yo‘l ochishi mumkin”, — deydi muallif.