Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Ilon Maskka Twitter ishi bo‘yicha sud majlisiga bormagani uchun sanksiyalar qo‘yilishi mumkin

O‘sha kuni milliarder SpaceX kompaniyasining Polaris Dawn kosmik kemasining uchirilishini kuzatish uchun Floridadagi Kanaveralga ketgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Maskka Twitter ishi bo‘yicha sud majlisiga bormagani uchun sanksiyalar qo‘yilishi mumkin

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Ilon Maskka 44 milliard dollarga Twitter kompaniyasini sotib olish bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida sudda ko‘rsatma berish uchun kelmagani sababli unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash niyatida ekanini ma’lum qildi.

Mask sudga kelmasligini 3 soat oldim ma’lum qilgan

San-Fransisko federal sudiga taqdim etilgan bayonotda Komissiya Mask ko‘rsatma berish uchun belgilangan sana, 10-sentyabr kuni, oxirgi uch soat ichida o‘zining kelmasligini xabar qilganini ta’kidladi. O‘sha kuni milliarder SpaceX kompaniyasining Polaris Dawn kosmik kemasining uchirilishini kuzatish uchun Floridadagi Kanaveralga ketgan.

U sud qarorini buzgan

SECning ta’kidlashicha, Mask SpaceXning bosh texnik direktori sifatida uchirilish rejalashtirilganini oldindan bilgan, chunki kompaniya bu haqida ikki kun oldin muhokama qilgan. Komissiyaning fikricha, Maskning harakatlari uni ko‘rsatma berishga majburlovchi 31-maydagi sud qarorini buzgan.

“Maskning uzrining o‘zi bir o‘yinga o‘xshaydi. Sud Maskning ushbu o‘yin strategiyasi va ataylab kechiktirish taktikasini tugatish kerakligini ochiq aytishi kerak” – deb yozgan SEC advokati Robin Endryus.

 Milliarderning advokati vaziyatni izohladi

Maskning advokati Aleks Spiro sanksiyalarni “keskin” va kerakmas deb atab, Maskning uchirilish paytida qatnashmasligi astronavtlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, ko‘rsatma berish sanasi 3-oktabrga ko‘chirilganini ta’kidladi.

“Maskning 10-sentyabr kuni kelmagani favqulodda vaziyat tufayli sodir bo‘lgan va u bunga aybdor emas. Bunday vaziyat qaytalanishiga hech qanday sabab yo‘q”, – deb yozdi Spiro.

Regulyator esa Mask 3-oktabr kuni ham kelmaslik ehtimoli borligini aytmoqda.

SEC nima sababdan Maskni sud qilmoqda?

SEC Mask 2022-yil boshida Twitter aksiyalarini to‘plaganida qimmatli qog‘ozlar qonunini buzganmi, yo‘qmi, shuni tekshirmoqda. Aksiyadorlar uni Twitter aksiyalarini sotib olgani haqida juda kech xabar bergani uchun tanqid qilishgan.

Iyul oyida Mask SECning ma’lumot oshkor qilish talablari noto‘g‘ri tushungani va uning kechikishi “xato” bo‘lganini ta’kidlagan edi.

SEC o‘tgan yilning oktyabrida Mask San-Fransiskodagi ofisda belgilangan intervyuga kelmagani sababli sudga da’vo qilgan va Mask SEC uni chaqiruvlar orqali “ta’qib qilmoqda” deb bayonot bergan.

Milliarderning SEC bilan anchadan beri nizoda

Milliarder uzoq vaqtdan beri SEC bilan nizolashib kelmoqda. 2018-yilda tashkilot Maskni Tesla kompaniyasini xususiylashtirish haqidagi Twitter postlari uchun sudga bergan. Mask bu da’voni hal qilib, 20 million dollar jarima to‘lagan va Tesla kompaniyasi raisi lavozimidan voz kechishga rozi bo‘lgan.