Kamala Harris prezident bo‘lsa, Ilon Mask qamaladimi?
Amerikalik milliarder saylovda Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris g‘alaba qozonsa, nima bo'lishi haqida xavotirli taxminlarini aytdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik multimilliarder Ilon Mask AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris g‘alaba qozonsa, qamoqqa tushishidan xavotirda, deb yozmoqda Gazeta.ru nashri.
Mask demokratlar bog'iga tosh otib kelgan
Jurnalist Taker Karlson bilan bilan suhbatda tadbirkor o‘z xavotirini ochiqlab, shunday bo‘lgan taqdirda necha yilga qamalishim mumkin degan qarshi savolni o‘rtaga tashladi.
Maskning xavotirlarida qaysidir ma’noda asos bordek, chunki u demokratlarning bog‘iga tinmay tosh otib keladi.
U Demokratik partiyani “jinoyatchilar koalitsiyasi” deya ta’riflagan
Sentyabr oyidagi bayonotida u AQSh Demokratik partiyasini “jinoyatchilar koalitsiyasi” deya ta’riflagandi. Maskning fikricha, jinoyatchilar ko‘pincha demokratlarga ovoz berishadi, shu bois o‘z elektoratidan ayrilmaslik uchun partiya ularga yumshoq munosabatda bo‘lib keladi. Qolaversa, Amerika demokratlarini avtoritarizm tarafdorlari degan ham aynan Mask.
Milliarder Harrisning aqliy salohiyatiga shubha qiladimi?
23-sentyabrdagi bayonotida Mask demokrat bo‘lmagani uchun AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Harris tomonidan “jazolanishini” aytgandi. Hozirgi saylovoldi poygasida Ilon Mask Donald Trampni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlamoqda.
7-oktyabr kuni esa Mask Harrisning aqliy salohiyatini shubha ostiga olib, uzoqni ko‘ra olmaydi degandi.



