$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Oltinchi bor “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygasi bo‘lib o‘tdi

Marathon

2-3-noyabr kunlari oltinchi “Samarkand Marathon 2024” xalqaro xayriya poygasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafon O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligiga tashkil etildi.

5,555 nafar ishtirokchi

Samarqandning tarixiy markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda 5,555 nafar ishtirokchi, shu jumladan, dunyoning 43 mamlakatidan 628 nafar yuguruvchi qatnashdi. Poyganing start va marra chiziqlariga Registon maydoni mezbonlik qildi. Ishtirokchilarga shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan, madaniy va tarixiy obidalar ko‘rinishlarini ochadigan turli masofalar taklif etildi.

5 xil masofadagi yugurish musobaqasi

“Samarkand Marathon” dasturi ikki kundan iborat bo‘ldi. Dasturning birinchi kuni, 2-noyabrda bolalar poygalari, plogging va skandinavcha yurish tadbirlari o‘tkazildi. Asosiy yugurish marafoni esa 3-noyabr kuni 42,2K, 21,1K, 10K, 5K, 2K.lik masofalarda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, dasturning ikkinchi kunida 5 kilometr masofaga inklyuziv poyga ham o‘tkazildi.

G‘oliblar

Marafon masofalari g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

Masofa 42,2K, erkaklar:

- 1-o‘rin: O‘tkirov Baxtiyor (O‘zbekiston) – 2:26:16

- 2-o‘rin: Yevgeniy Fadeyev (O‘zbekiston) – 2:28:03

- 3-o‘rin: Turdakunov Jakshilik (O‘zbekiston) – 2:30:56

Masofa 42,2K, ayollar:

- 1-o‘rin: Tolstih Yelena (O‘zbekiston) – 2:52:47

- 2-o‘rin: Kozlovskaya Darya (Rossiya) – 2:59:06

- 3-o‘rin: Tunguskova Yekaterina (O‘zbekiston) – 3:00:31

Masofa 21,1K, erkaklar:

- 1-o‘rin: Ahmadeev Rinas (Rossiya) – 1:03:43

- 2-o‘rin: Bernard Rotich (Keniya) – 1:07:22

- 3-o‘rin: Toshquvatov Otabek (O‘zbekiston) – 1:08:38

Masofa 21,1K, ayollar:

- 1-o‘rin: Kalil qizi Aynushka (Qirg‘iziston) – 1:15:59

- 2-o‘rin: Kudelich Svetlana (Belarus) – 1:18:27

- 3-o‘rin: Mirzakbarova Aziza (O‘zbekiston) – 1:20:39

42.2K va 21.1K masofalar boʻyicha gʻoliblar hamkorlar tomonidan pul mukofotlari va sovgʻalar oldi.

Boshqa masofalardagi g‘oliblar orasida quyidagilar qayd etildi:

- 10K: Yadgarov Iskandеr (Portugaliya) – 00:31:12 va Slepneva Anastasiya (Rossiya) – 00:38:35.

- 5K: Xojamov Dilmurod (O‘zbekiston) – 00:16:14 va Yuldashova Shohsanam (O‘zbekiston) – 00:24:24.

- 2K: Botirov Eldor (Rossiya) – 00:05:37 va Kotlyarova Milana (O‘zbekiston) – 00:05:56.

“Samarkand Marathon”

“Samarkand Marathon” – Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining tashabbusi bilan 2019-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan xalqaro xayriya yugurish musobaqasi. Musobaqa inklyuzivlik masalalariga jamoatchilik e’tiborni jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sport turizmini rivojlantirishga qaratilgan. 2022-yilda “Samarkand Marathon” yosh toifalari bo‘yicha “Abbott WMM Wanda” jahon birinchiligining saralash musobaqalari ro‘yxatiga kiritilgan.

“Samarkand Marathon”ning har bir ishtirokchisi o‘z oldiga bardoshini sinovdan o‘tkazish, irodasini mustahkamlash yoki shunchaki yugurish shodiyonasidan zavq olish kabi shaxsiy yuklamasini qo‘yadi. Musobaqaning betakror muhitiga uning madaniyat o‘choqlarida inklyuziv muhit yaratishdek xayriya maqsadi alohida shukuh baxsh etadi.

“Samarkand Marathon” 5 yillik faoliyati mobaynida O‘zbekistonda ommaviy yugurish bo‘yicha ommabop va muvaffaqiyatli tadbirga aylandi. Poyga an’anaviy ravishda noyabr oyining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. 

Теги :
Jamiyat