Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlamaslik kerak?

Qishloq xoʻjaligi vazirligi muzlatkichda saqlasa, taʼmi oʻzgarishi mumkin boʻlgan mahsulotlar haqida maʼlumot berdi. (https://www.agro.uz/qaysi-mahsulotlarni-muzlatkichda-saqlash-mumkin-emasligini-bilasizmi/)

2 daqiqa o‘qiladi

Qaysi mahsulotlarni muzlatkichda saqlamaslik kerak?

Qishloq xoʻjaligi vazirligi muzlatkichda saqlasa, taʼmi oʻzgarishi mumkin boʻlgan mahsulotlar haqida maʼlumot berdi.

Kartoshka 

Kartoshka – agar kartoshka muzlatkichda saqlansa, poʻchogʻi qorayadi va yaxshi koʻrinishini yoʻqotadi. Bundan tashqari, kartoshka kraxmali asta-sekin shakarga aylana boshlaydi — ildiz mevalari shirin boʻlib, foydali moddalar yoʻq boʻlib ketadi. Kartoshkani qorongʻi hamda salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.

Piyoz

Piyoz – doimiy ravishda toza havo bilan taʼminlanishi kerak — uni toʻrli qoplarda sotishlari bejiz emas. Uni kartoshka bilan saqlash mumkin emas, sababi ular oʻrtasida reaksiya boshlanadi, bu esa piyozlarning toʻliq yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

Sarimsoqpiyoz

Sarimsoqpiyoz – tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sarimsoqpiyoz erta unib chiqadi va sovuq havoda yomonlashadi. Bundan tashqari, u ham piyoz kabi toza havoga muhtoj. Shuningdek, uni ham boshqa sabzavotlar, ayniqsa mevalar birga saqlamaslik kerak. Aks holda ularning barchasi sarimsoqpiyoz tufayli taʼmi oʻzgaradi.

Pomidor

Pomidor – muzlatkichda saqlash uchun qo‘yilganda bu mahsulot tezda yumshaydi va foydali xususiyatlarini yoʻqotadi, ularni xona haroratida qorongʻi joyda saqlash yaxshidir.

Banan

Banan – Xuddi yuqoridagidek banan ham muzlatkichda sekinroq pishadi, lekin ularning poʻsti tez orada jigarrang boʻladi.

Asal

Asal – insoniyatga maʼlum boʻlgan birinchi konservantdir va u tabiiy haroratda deyarli abadiy saqlanadi. Qadimgi Misr qabrlarini qazish paytida ham asal topilgan. Ammo u muzlatkichda qoldirilsa, kristallanadi va qattiqlashadi.

Tarvuz 

Tarvuz – pishmagan tarvuzni qorongʻi, salqin xonada saqlash mumkin. Shuning uchun u biroz pishib, shirinroq boʻladi. Ammo kesilgan tarvuzni muzlatkichga qoʻyish mumkin, u shirinligini saqlaydi va qurib ketmaydi.

Eslatma!

Barcha mevalarni xona haroratida saqlash zarur. Agar ularni bir necha oy davomida saqlamoqchi boʻlsangiz, muzlatkichga qoʻyish tavsiya etiladi, biroq ularning taʼmi oʻzgarishi mumkinligini yodda tutish kerak.