$
 12520.78
83.63
 14634.29
153.72
 153.70
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

2-mavsum yakunlari: “Open byudjet”da g‘olib loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

Open byudjet

Kecha, 31-avgust kuni “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 2-mavsumi doirasida ilgari surilgan loyihalarga ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu mavsumda g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxatini e’lon qildi.

G‘oliblarga 2 trln. 139 mlrd. so‘m ajratiladi

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 2 trln. 139 mlrd. so‘mlik 1772 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd. 360 mln. so‘mni tashkil etadi. G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.

39 ta loyihaga majburiy ovoz yig‘ilgani bois chetlatilgan

Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushganini xabar qilgan edi. Qayd qilinishicha, eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatida (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan, yo‘nalishlar bo‘yicha umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha (16 ta) shikoyat qayd etilgan. O‘shanda vazirlik barcha murojaatlar tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatishi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligini eslatgandi.

Теги :
Jamiyat