Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar taqsimlanadi

Ushbu qonun davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar taqsimlanadi

“Ta’lim toʻgʻrisida”gi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2024-yil 7-sentyabrdagi qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

“Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunga oʻrta maxsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Oliy ta’lim hamda Maktabgacha vazirliklariga qo‘shimcha vazifa

Belgilanishicha, nodavlat ta’lim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.

Qonun oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan.