$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Husanovda qizil, Yo‘ldoshevda to‘liq o‘yin, Shomurodov zaxirada: O‘zbekistonlik legionerlar uchun hafta qanday yakunlandi?

Legionerlar

O‘tgan hafta yakunida bir qator legioner futbolchilarimiz o‘z klublari bilan mamlakat chempionatlarida ishtirok etishdi. Quyida ularning natijalari va o‘yin tafsilotlari bilan tanishib chiqamiz.

Abduqodir Husanov — markaziy o‘yindagi omadsizlik

Fransiya chempionati 10-turida peshqadam “PSJ” o‘z uyida “Lans”ni qabul qilib, Dembelening tezkor goli evaziga g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 60-daqiqada Ashraf Hakimiga ishlatgan qo‘polligi uchun chetlatildi. Parij klubi ochkolarini 26 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi “Monako”dan 6 ochkoga o‘zib ketdi. Qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Lans” (14) 7-pog‘onaga tushdi. 

Eldor Shomurodov — zaxirada o‘tayotgan umr

A Seriya 11-turi doirasida “Roma” safarda mag‘lubiyatga uchradi. Yurich shogirdlari ikki marta hisobda ortda qolayotib, farqni tenglashtirgan bo‘lsa-da, 88-daqiqada Xarruining goli bilan veronikaliklar g‘alabani ilib ketishdi – 3:2. Shu kuni Eldor Shomurodov zaxirada qoldi. Rim klubi bu mag‘lubiyatdan keyin 13 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev

Qozog‘iston chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Jetisu” hamda “Qayrat” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Olmaotaning “Qayrat” klubi sharafini himoya qilayotgan Ibrohim Halil Yo‘ldoshev bahsni asosiy tarkibda boshladi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. Yo‘ldoshev joriy mavsum Qozog‘iston chempionatining 15 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Abbos Fayzullayev

RPL 14-tur doirasidagi SSKA — Spartak (Moskva) o‘yini bo‘lib o‘tdi. SSKA safida xavbek Abbos Fayzullayev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqada zaxiraga olindi. O‘yin 0:2 hisobida mehmon jamoa foydasiga hal bo‘ldi.

Otabek Shukurov

26-oktyabr kuni Saudiya Arabiston chempionatining navbatdagi turida Al Feyha Al Ittifoqqa qarshi bahs olib bordi va durang o‘ynadi. Uchrashuvda Otabek Shukurov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore nashri futbolchimizning ushbu uchrashuvdagi harakatlariga yaxshi baho berdi va 6,9 baho qo‘ydi.

Jasur Jaloliddinov

Ozarbayjon chempionati 12-tur doirasidagi SamqaitSabah o‘yini bo‘lib o‘tdi. Samqaitning o‘zbekistonlik yangi o‘yinchisi Jasur Jaloliddinov 80-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. O‘yin legionerimiz jamoasi foydasiga 0:1 hisobi bilan yakunlandi.

Husniddin Aliqulov va Azizbek Turg‘unboyev

Turkiya Superligasi 11-turidan o‘rin olgan Sivasspor - Rizespor bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Uning harakatlari Sofascore statistik portalida 6.5 ballga baholandi. Azizbek Turg‘unboyev esa 76-daqiqada zaxiradan tushib, yakunga qadar o‘ynadi. U esa 7 ball oldi. Uchrashuvdan so'ng Sivassporbeshinchi o‘ringa chiqib oldi, rizeliklar esa 10 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Теги :
Jamiyat