Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°

O‘zbekistonda 3D-printer sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkoni yaratildi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya startaplar uchun 3D-laboratoriya ochdi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3D-printer sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkoni yaratildi

Toshkentda “K-Lab Uzbekistan” startaplar uchun 3D bosib chiqarish laboratoriyasi ish boshladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Laboratoriya joylashuvi

Laboratoriya 2023-yil iyun oyida ochilgan “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik O‘zbekiston-Koreya markazida joylashgan.

Loyihaning umumiy qiymati $1,6 mln.ni tashkil etadi. Loyiha Koreya Respublikasi IT sohasini rivojlantirish Milliy agentligi (NIPA) ko‘magida amalga oshirilmoqda.

3D-printer sohasida mutaxassislar tayyorlash

Uning ishga tushirilishi 3D-printer sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi, deya ta’kidladi Savdo-sanoat palatasi.

Uchta startap K-Lab yordamida tashabbuslarni amalga oshirish uchun grant oldi: jamoalardan biriga 25 mln. so‘mdan, qolgan ikkitasining har biriga 10 mln. so‘mdan mablag‘ ajratildi.