$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday ketyapti?

kuz-qish mavsumi

Joriy yilda 15 ta obyektda 9 ta qozonxona va 55 km issiqlik tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan, deb xabar berdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

149 mlrd. so‘m mablag‘ jalb qilingan

Anjumanda aytilishicha, joriy yilda 5 409 ta ko‘p qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ta’mirlash rejalashtirilgan. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 149 mlrd. so‘m mablag‘lari jalb qilindi. Mazkur ishlarni tashkil etish uchun boshqaruv tashkilotlarning imkoniyati yetarli. Chunki, ularda 17 mingdan ortiq zarur texnika va uskunalar, 12 mingga yaqin ishchi-xodim mavjud. Joriy yilning bugungi kuniga qadar boshqaruv organlari tomonidan ko‘p qavatli uylarga 692 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va 512 mlrd. so‘m majburiy badallar undirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 4 978 ta uylar ta’mirlandi.

Ta’mirlash va energiya ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Rejalashtirilgan ishlardan tashqari 311 ta uyning tom qismi, 1 328 ta kirish yo‘laklari, 390 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, 174 ta uylarning fasad qismi ta’mirlanib, 410 ta kodli qulfli temir eshiklar o‘rnatildi. Boshqaruv organlari tomonidan ushbu ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun undirilayotgan badal pullarini birinchi navbatda uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun sarflanishi nazoratga olingan. Joriy yilning 1-oktyabrga qadar yana 41 mlrd. so‘m hajmdagi ta’mirlash ishlari bajariladi. Hududiy hokimliklar, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uylarning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obyektlarini xatlovdan o‘tkazib “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi va “qizil” toifadagi 100 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi. Mavjud ko‘p kvartirali uylarning 25 694 tasi, ya’ni 1 mln. 49 mingta xonadonlar markazlashgan va individual issiqlik energiyasi bilan ta’minlangan.

Теги :
Jamiyat