$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, aholi murojaatlarini hal qilish bilan shugʻullanuvchi ishchi guruh tuziladi

kuz-qish mavsumi

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqovning farmoyishiga ko‘ra, poytaxtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 732,6 milliard so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Ishchi guruh tuzilmoqda

Toshkent shahri hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov boshchiligida ishchi guruhi tuzilmoqda, guruh tarkibiga jami 32 nafar, jumladan, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va boshqa tuzilmalar rahbarlari kiradi.

Guruh iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida dolzarb muammolarni hal etish bilan shug‘ullanadi.

Intizomiy jazo qoʻllash taklifi beriladi

Har haftada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholidan kelib tushgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul boshqarma, bo‘lim va tuman rahbarlarining hisobotlarini tinglash rejalashtirilgan.

Tasdiqlangan parametrlarning bajarilishi uchun mas’ul mansabdor shaxslar belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan yoki qoniqarsiz bajargan taqdirda, ishchi guruh ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi. 

Hokimlar va ishchi guruhlar a’zolariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Muddat – 1-oktyabrgacha

1-oktyabrga qadar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, shu jumladan, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti qozonxonalari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlari hamda jihozlarini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi.

2 ming 297 km. elektr uzatish tarmoqlari va 2 ming 413 transformator punktini ta’mirlash, 6,8 km. gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash va 10,1 km. gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, 41 gaz taqsimlash punktini mukammal ta’mirlash, 215 km. gaz quvurlarini bosim ostida sinash va tozalash, 108,6 km. quvurlarni bo‘yash rejalashtirilmoqda.

2888 ta ko‘p kvartirali uyni, jumladan, 212,73 ming kvadrat metr tom qismini, 1604 ta elektr taqsimlovchi shitni, 30 ta ko‘p kvartirali uyning fasad qismini ta’mirlash, oyna-romlar, kirish yo‘laklariga 47,3 mingta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatish va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Issiqlik va suv taʼminoti 

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 634 ta qozonxona va 490,5 km. issiqlik tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashi kerak. Shu maqsadda 29 ta qozon va 59,7 km. issiqlik tarmoqlarini kapital ta’mirlash, 605 ta qozon va 430,8 km. issiqlik tarmoqlarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” 65 ta nasos uskunasi va 2399,2 km. ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlashi kerak.

Теги :
Jamiyat