$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Ta’lim krediti olgan talaba magistraturani xorijiy OTMlarda o‘qiy olmaydimi?

Ta

Ta’lim krediti olgan talaba magistraturani xorijiy OTMlarda o‘qimoqchi bo‘lsa, unga ruxsat berilmaydimi? Ushbu savolga Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassislari javob berdi.

Qachon ruxsat berilmaydi?

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim krediti o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda to‘lanadi. Ya’ni talaba o‘qishni bitirgandan keyin, yettinchi oydan boshlab belgilangan miqdorni oyma-oy to‘lab borishi kerak.

Agar talaba magistratura ta’limini xorijdagi OTMlarda davom ettirish uchun yoki boshqa sabablar bilan xorijga chiqayotganda hech qanday cheklov bo‘lmaydi. Ammo kreditni belgilangan vaqtda to‘lamasa yoki boshqa qarzdorligi bo‘lsa, xorijga chiqishga ruxsat etilmasligi mumkin.

 Ta’lim krediti haqida muhim ma’lumotlar

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ta’lim krediti haqida muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan edik.

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko‘ra ajratiladi.

2. Talim krediti O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi. 

3. Talim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Talim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Talim kreditini har yili olish mumkin.

Теги :
Jamiyat