Fazodagi odamlar soni rekord darajaga yetdi
Oldingi rekord o‘tgan yili qayd etilgan edi, unda sayyoramiz tashqarisidagi insonlar soni 17 nafarni tashkil qilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Fazoviy parvozlar tarixida Yerdan tashqarida, ya’ni uning orbitasida bo‘lib turgan odamlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Yer orbitasidagi odamlar soni 19 nafarga yetdi, oldingi rekord qayd etilgan 2023-yilda sayyoramiz tashqarisidagi insonlar soni 17 nafar edi, deb yozdi Space.
11-sentyabr kosmosga yana uch nafar fazogir ko‘tarildi
11-sentyabr kuni Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Rossiyaning “Soyuz” raketasi Xalqaro kosmik stansiya tomon 3 nafar fazogirni olib uchdi. Fazoga ko‘tarilganlar: NASA astronavti Donald Pettit hamda rossiyalik kosmonavtlar — Aleksey Ovchinin va Ivan Vagner.

Urushga qaramasdan NASA va “Roskosmos” o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush va sanksiyalarga qaramasdan, NASA va “Roskosmos” o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda. Har ikki mamlakat fazogirlari xalqaro guruhlar tarkibida AQSh va Rossiya fazo kemalarida uchishmoqda.



