$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i jarimaga tortilgan “Eng past narxlar” reklamasini hanuz olib tashlamadi

Korzinka

Joriy yilning 15-iyulida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi noto‘g‘ri reklama sababli “Korzinka”ga qarshi ish ochgan edi.

“Eng arzon narxlar” hamon davom etmoqda

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i (CHP OOO Anglesey Food) o‘z filiallarida mahsulot va tovarlarni “eng arzon narxlar” reklamasi ostida sotishni davom ettirmoqda, garchi ushbu aksiyada “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni buzish holatlari aniqlangan bo‘lsa ham.

1 oy vaqt berilgan edi

“Eng past narxlar” deb e’lon qilingan alohida tovarlar narxlari aslida boshqa supermarket va bozorlardagi shunga o‘xshash tovarlar narxidan farq qilmasligi aniqlangan. Shu tufayli, bu reklama iste’molchilarni chalg‘ituvchi deb hisoblanishi mumkin, — deb ma’lum qilgan edi qo‘mita.

Shundan so‘ng, 17-iyul kuni kompaniya "Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasi 1-qismi va “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi 1-qismini buzganlikda aybdor deb topilgan. Natijada, supermarketlar tarmog‘iga moliyaviy jarima solingan va reklama qonunchiligining aniqlangan buzilishlarini majburiy bartaraf etish uchun bir oy muddat berilgan edi.

Korzinkaning “javob”i

Bunga javoban, kompaniya bosh direktori Rud Pedersen 2024-yil may oyida ishga tushirilgan “Eng past kundalik narxlar” dasturi vaqtinchalik aksiya emas, balki kompaniya uchun yangi narx strategiyasi ekanligini ommaga ma’lum qilgan edi.

Olib tashlanmagani yetmagandek hamon faol reklama qilinmoqda

Ammo Raqobat qo‘mitasining rasmiy talabidan bir oy o‘tib, 17-avgust kuni “Eng arzon narxlar” peshtaxtasi ostida solingan mahsulotlar hali ham mavjud ekanligi aniqlangan. Bu haqda Repost.uz nashri, tarmoqda hanuz olib tashlanmagan reklama fotosuratlariga tayanib xabar beradi.

Bundan tashqari, aksiya turli blogerlar va Telegram kanallari, shuningdek, kompaniyaning rasmiy resurslarida faol reklama qilinmoqda.

Shu bilan birga, bozordagi ba’zi tovarlarning narxlari “Korzinka”ga qaraganda arzonroq, — deya ma’lumot beradi Repost.uz nashri narxlarni taqqoslab.

Ayni damda “Korzinka” mas’ullari amaldagi qonunchilikni buzmaganliklarini hamda aksiya doirasida narxlarni eng arzon bosqichga tushirishni maqsad qilganliklarini ko‘rsaatishga harakat qilishmoqda. U yoki bu tarzda bo‘lsa-da, bundan asosiy yutuvchi qatlam oddiy xalq ekani quvonarli holdir.

Теги :
Jamiyat