$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

korzinka

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘iga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Bunga yolg‘on va chalg‘ituvchi reklamadan foydalanganlik sabab bo‘lgan.

 "Eng arzon narx - Korzinkada"

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida "Kundalik xaridlarga eng arzon narx", "Eng arzon narx - Korzinkada", "...Eng unumlisiga keling!" shaklidagi so‘zlardan foydalanib, iste’molchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan jumlalardan foydalanish holati kuzatilgan.

Mazkur reklamaga ko‘ra, kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan katalog joriy qilinganligi aniqlangan. 

Rostdan ham hammadan arzon narxlarmi?!

Ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmog‘i hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlariga nisbatan solishtirgan holda o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra har bir tovarning alohida emas, balki butun katalogning umumiy narxi olinganligi aniqlangan.

Xususan, "eng arzon narx" deb e’lon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxiga nisbatan farq qilmasligi kuzatildi.

Qonun buzilishi holati

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat hisoblanadi.

Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi Qonuni 5-moddasi, 16-moddasi birinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan "ANGLESEY FOOD" MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Теги :
Jamiyat