$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda qaysi sohada oilaviy korxonalar yetakchilik qilmoqda?

korxona

Statistika agentligi O‘zbekistonda oilaviy korxonalar sonini ma’lum qildi.

Savdo sohasida faoliyat yuritayotgan oilalar 23 388 tani tashkil etmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 69 914 tani tashkil etdi.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 23 388 ta;

sanoat sohasida – 20 174 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 11 791 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7 144 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 816 ta;

qurilish sohasida – 626 ta;

tashish va saqlash sohasida – 624 ta;

axborot va aloqa sohasida – 493 ta;

boshqa sohalarda – 4 858 ta.

2023-yilda 44 958 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritgan

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 44 958 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritgan edi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni:

Samarqand viloyati – 7 965 ta

Farg‘ona viloyati – 4 904 ta

Xorazm viloyati – 4 844 ta

Surxondaryo viloyati – 3 963 ta

Qashqadaryo viloyati – 3 911 ta

Toshkent viloyati – 3 813 ta

Navoiy viloyati – 3 520 ta

Buxoro viloyati – 2 940 ta

Toshkent shahri – 2 880 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 2 031 ta

Jizzax viloyati – 1 587 ta

Andijon viloyati – 1 393 ta

Namangan viloyati – 969 ta

Sirdaryo viloyati – 238 ta