$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“2024-yilning korrupsioner amaldori” kim boʻldi?

asad

OCCRP surishtiruvchi jurnalistlar konsorsiumi hokimiyatdan agʻdarilgan va Rossiyaga qochgan Suriyaning sobiq rahbari Bashar Asadni “2024-yilning korrupsion amaldori” deb atadi. Bu haqda tashkilotning kecha, 31-dekabr kuni e'lon qilingan hisobotida keltirilgan.

Mintaqaviy zoʻravonlik va korrupsiya merosi

“Asad rejimi butun mintaqa boʻylab zoʻravonlik, giyohvandlik va korrupsiyani tarqatib, kaptagon (sintetik giyohvandlik vositasi) ishlab chiqarish va odam savdosi, tamaki kontrabandasi, qadimiy buyumlarni oʻgʻirlash, qurol savdosi va boshqa uyushgan jinoyatchilikdan milliardlab dollar daromad oldi”, – deyiladi hisobotda.

Arab tilidagi “Daraj.com” media platformasi asoschisi Aliya Ibrohimning soʻzlariga koʻra, Suriya va butun mintaqa uchun Asad hukmronligi oqibatlarini bartaraf etish uchun bir necha oʻn yillar kerak boʻladi.

Nega Asad, Ruto emas?

Press-relizda ta'kidlanishicha, 40 mingdan ortiq odam Keniya Prezidenti Uilyam Rutoni “Yilning korrupsioner amaldori” deb e'tirof etishni taklif qilgan. Iyul oyida Keniyada minglab odamlar byudjetning qisqartirilishi, mamlakatdagi ishsizlik va korrupsiyaga qarshi namoyishga chiqqan edi. Bu namoyishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi, koʻplab odamlar halok boʻldi. Biroq, OCCRP mukofotni Asadga berishga qaror qildi, chunki tashkilotning ta'kidlashicha, koʻplab mamlakatlar uning jinoiy harakatlaridan jabr koʻrgan.

 Putin va boshqa tan olingan shaxslar tarixi

OCCRP 2012-yilda “Yilning korrupsioner amaldori” mukofotini “uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya olamidagi eng koʻzga koʻringan shaxslar” uchun ramziy sharaf sifatida yaratgan. 2014-yilda u Donbassda urushni qoʻzgʻatgani va Rossiyani pul yuvish boʻyicha yirik markazga aylantirgani uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga berilgan. Putindan tashqari, ushbu “mukofot” “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Evgeniy Prigojin, shuningdek, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga ham topshirilgan.

 “Umr boʻyi muvaffaqiyatga qarshi kurashi uchun” 

2024-yilda OCCRP birinchi marta “Umr boʻyi muvaffaqiyatga qarshi kurashi uchun” maxsus toifasini taqdim etdi. Mukofotni Ekvatorial Gvineya Prezidenti, dunyoda eng uzoq vaqt hukmronlik qilayotgan diktatorlardan biri Teodoro Obiang Ngema Mbasogo oldi. U 1979 yilda amakisini hokimiyatdan agʻdarish uchun davlat toʻntarishiga boshchilik qilgan va oʻsha paytdan beri noqonuniy hibsga olish, qiynoqlar orqali oʻzgacha fikrni bostirgan.

“Qoʻrqitish, repressiya va korrupsiya orqali Teodoro Obiang boylik va jazosizlik sulolasini yaratdi. Uning diktatorlik tendensiyalari butun Afrika qit'asidagi hukmdorlar tomonidan taqlid qilinmoqda. Bugungi davlat toʻntarishi etakchilari unga oʻxshagan korrupsiyaning otasi boʻlishga intilib, unga choʻqintirgan ota sifatida qaraydi”, degan ganalik surishtiruvchi jurnalist Anas Aremeyo Anas.

Теги :
Jamiyat