$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

positive

Prezident tomonidan 2-oktyabrda imzolangan qonun bilan O‘zbekiston ishlab chiqarish sohasida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi.

Konvensiya tarixi

Konvensiya Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan 1981-yilda qabul qilingan. U ishchilarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan himoya qilishga qaratilgan. Ilgari uni 84 davlat, jumladan, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Tojikiston ratifikatsiya qilgan.

Hujjat mazmuni

Mazkur hujjat davlatlarga mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida milliy siyosatni ishlab chiqish majburiyatini yuklaydi.

Shuningdek, konvensiya davlat organlariga sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va joylashtirishni tartibga solish, ishchilarning mehnat sharoitlarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.

Avvalroq prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining to‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidag Konvensiyasi ham ratifikatsiya qilingandi.

Теги :
Jamiyat