$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoshlar daftariga kiruvchi xususiy oliygoh talabalariga kontrakt pullari to‘lab beriladi

positive

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra ma'lum toifadagi talabalarning to‘lov-kontrakt pullarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.

Qaysi toifalar uchun?

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;

Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;

Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;

Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;

Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;

Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;

Oilasi kam taʼminlangan talabaga pullar to‘lab berilishi qayd etilgan.

Ta'lining qaysi shakllarida?

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravari, ya'ni,17.000.000 so‘m dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Qanday hollarda kontrakt pullari qoplab berilmaydi?

Bunda:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;

qo‘shma taʼlim dasturlari;

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Теги :
Jamiyat