$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Muammolar boshlandi: Qirgʻizistonlik tadbirkorlar Oʻzbekistonga koʻmir eksporti uchun yuk vagonlari yoʻqligidan shikoyat qilmoqda

Ko

Qirgʻizistonlik tadbirkorlar Oʻzbekistonga koʻmir eksport qilish uchun yuk vagonlari yoʻqligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda 24KG nashri deputat Yrisbek Atajanovga tayanib, xabar berdi.

Koʻmir tashish uchun bor-yoʻgʻi 150 vagon bor

“Qirgʻiziston temir yoʻllari” direktori oʻrinbosari Dastan Usubaqunov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir olib kirish uchun vagonlar sonini qisqartirganini ma’lum qildi. Ayni damda Oʻzbekiston tomoni kuniga 120 dan 200 vagongacha yetkazib berayotgan boʻlsa, Qirgʻizistonda qoʻshni davlatga koʻmir tashish uchun bor-yoʻgʻi 150 vagon bor.

YTTB bilan muzokara

Tomonlar hozirda mazkur muammoni bartaraf qilish uchun harakatni boshlagan. Unga ko‘ra, kompaniya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan 80 ta yuk vagonlarini xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

6 oylik taqiq

Bundan avval Qirg‘izistonda toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy qilinganligi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, taqiq olti oyga belgilangan. Shuningdek, xabarda mazkur cheklovlarning O‘zbekistonga ehtimoliyy ta’sirlari haqida so‘z borgan edi.

Теги :
Jamiyat