$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Ko‘chmanchilar o‘yinlarida 89 ta davlat orasida 3-o‘rinni egalladi

V Umumjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida jami 2500 nafar sportchi ishtirok etib, ular sportning 21 turida kurash olib bordi. 

34 ta medal

O‘zbekiston terma jamoasi Ostonada 8—13-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Umumjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rinda Qozog‘iston 44 ta oltin, 33 ta kumush va 37 ta bronza - jami 114 ta medal.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston terma jamoasi — 18 oltin, 21 kumush va 25 bronza - jami 64 ta medal.

O‘zbekiston jamoasi 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza – jami 34 ta medalga ega bo‘lgan.

Kuchli beshlikka Rossiya (jami 46 ta medal) hamda Turkiya (jami 6 ta medal) ham kirgan.