$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Paradoks: negativ kontent ruhiyatni yomonlashtirib, yana shu kabi kontentni iste’mol qilishga undaydi

kontent

Internetdagi negativ kontent ruhiy salomatlik uchun xavfli. Aniqlanishicha, ruhiy muammolari mavjud odamlar ko‘pincha noxush kayfiyat uyg‘otuvchi yangilik va materiallarni tanlaydi.

O‘ziga xos zanjir

Ma’lum bo‘lishicha, Massachusets texnologik instituti (MIT) tadqiqotchilari global tarmoqdagi negativ kontent ruhiy salomatlikda muammolar keltirib chiqarishini tasdiqladi.

Aniqlanishicha, ruhiy buzilishlari mavjud odamlar ko‘pincha noxush kayfiyat uyg‘otuvchi yangilik va materiallarni tanlarkan. Bu o‘ziga xos zanjirni keltirib chiqaradi: negativ kontent holatni yomonlashtirib, yana shu kabi kontentni iste’mol qilishga undaydi.

Internetdagi zararli axborot oqimidan cheklanish uchun olimlar insonlarga, noxush hodisalar haqidagi yangiliklar iste’molini cheklashni,  axborotlarni filtrlashga ko‘maklashuvchi vositalardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.