$
 12646.56
-27.81
 14461.34
-8.99
 160.88
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

”Oxirgi marta «Barsa»ga 0:4 hisobida yutqazgan mavsumimizda YECHL va La Ligada g‘olib bo‘lganmiz” — Anchelotti

Barca

Bugun oqshom La Ligada nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim o‘yinlaridan birida “Barselona” Madridda “Real”ni tor-mor etdi. Uchrashuvdan keyin mutaxassislar tomonidan qanday fikrlar aytildi?

Xafa bo‘lganimiz aniq

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 11-turidan o‘rin olgan “Barselona” (0:4) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Bahs haqidagi fikrim shuki, o‘yin teng bo‘ldi. Bizda imkoniyatlar bo‘ldi, birinchi bo‘limni yaxshigina shiddat bilan o‘tkazdik, gol urishimiz mumkin edi, biroz aniqlik yetishmadi. Raqib ikki gol urgach, kuchimizni yo‘qotdik. Ularda bo‘sh hududlar bor edi, himoyada tavakkal qildik, ular esa qarshi hujumda ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Birinchi bo‘limda jamoa menga yoqdi. Xafa bo‘lganimiz aniq. Muxlislarga rahmat aytishim kerak, chunki ular bizni 90-daqiqagacha qo‘llab-quvvatlashdi. Biz qilgan ishlarni qadrsizlantirishga hojat yo‘q, bunga hech qanday sabab yo‘q. Biz 60 daqiqa yaxshi o‘ynadik va faqat oxirgi yarim soatni unutishimiz kerak”, — deydi murabbiy.

O‘z g‘oyamizga ishonamiz

“Barselona” bosh murabbiyi Hansi Flik ham o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 

“O‘yinni juda yaxshi boshladik, birinchi bo‘limda ajoyib harakat qildik. Himoya yuqorida o‘ynadi, bu xavfli ko‘rinadi, lekin aslida unday emas. Reja ishladi. Tanaffusda esa to‘g‘ri qarorlar qabul qildik. Futbolchilar juda yaxshi harakat qilishdi. Ular raqib darvozasi oldida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Hamma hujumda ham, himoyada ham nima qilishni bilardi. Men har doim aytaman: biz yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz. Bugun oson bo‘lmadi, ammo yaxshi himoyalandik. O‘z g‘oyamizga ishonamiz. Xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak. Tanaffusda o‘zgarishlar qildik va ko‘proq bosim o‘tkaza boshladik. Ikkinchi bo‘limda to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Aynan shu narsa haqida gapirgan edim. Men har doim jamoaning o‘yiniga qarayman va bugun rejaga amal qilganimiz ish berdi.Erishganlarimizdan mamnunman. orqaga qaramayman”, — deydi nemis mutaxassisi.
Теги :
Jamiyat