$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston kinoteatrlarida bepul filmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

positive

Sentabr oyining boshida respublika kinoteatrlarida bepul namoyish etiladigan filmlar haqida Kinematografiya agentligi xabar qilgan.

Bepul kino namoyishlari

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi sentabr oyining boshida respublikaning bir necha kinoteatrlarida bepul filmlar namoyishi haqida e’lon qildi.

O‘nlab filmlar

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida 3-sentabr kuni soat 18:00 da “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining bepul namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, 29-avgustdan sentabr oyi boshiga qadar mamlakatimiz kinoteatrlarida 10 taga yaqin milliy filmlar mutloq bepul namoyish etiladi!”, - deyiladi xabarda.

Qaysi filmlarni bepul tomosha qilish mumkin?

Namoyish etiladigan filmlar orasida quyidagilar bor: "Ofitser 55", “Abdulla Oripov: istiqlol kuychisi”, "Samuray", "Doktor Abdullayev", "Ishq va Anduh", "Osmondagi bolalar 3" va boshqalar.

Теги :
Jamiyat