$
 12687.70
-7.17
 13790.26
23.94
 140.03
0.55
weather
+26
Кечаси   +14°

Bugundan bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlar oshirildi

kindergarten

1-iyundan boshlab davlat bolalar bog‘chasida bola ta’minoti uchun to‘lovlar miqdori o‘rtacha 18,7−21 foizga oshadi. 2025-yildan boshlab narxlar yana ko‘tariladi. Narxlar so‘nggi bor uch yil avval oshgan edi.

Adliya vazirligi xabar berdi

Adliya vazirligining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasining 29-apreldagi qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi.


1-iyundan 18,7- 21% oshadi

To‘lovlar 2024-yil 1-iyundan o‘rtacha 18,7−21 foizga, keyin esa 2025-yil 1-yanvardan yana 8,5−10,8 foizga oshadi.

Masalan, Toshkent shahridagi bog‘chada 9 soat vaqt o‘tkazadigan bir bola uchun oylik to‘lov 206 mingdan 247 mingga, keyin esa 272 ming so‘mgacha oshadi.

Toʻlovlar miqdori

Quyida bolalar bog'chalarida qancha vaqt o'tkazishlari (soatlarda), bitta bola uchun to'lov va agar bir nechta bola bog'chaga borsa, har bir bola uchun to'lovni ko'rsatadigan jadvallar mavjud.

2024-yil 1-iyundan boshlab ota-ona badallari:

2025-yil 1-yanvardan boshlab ota-ona badallari:


Eslatib oʻtamiz, narxlar oxirgi marta 2021-yil 1-mayda oshgandi.