$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda oliygohlar hududida bog‘chalar ochishga ruxsat etiladi

positive

Prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [PF-152-sonli] farmoni qabul qilindi.

Yer uchastkalari hududida bog‘cha

Farmon bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashkilotlarni ko‘paytirish

Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida:

2018−2022-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

Ma‘lumot o‘rnida, farmoniga ko‘ra, bog‘chalarda direktor o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Muassasalarda kichik va o‘rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Bog‘cha rahbari va pedagog kadrlarini vazir jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.

Теги :
Jamiyat