$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi mehmonxonada rossiyalik jurnalist va ikki erkak sirli tarzda vafot etdi

Inessa Papernaya

“Baza” Telegram kanali Rossiyaning “Lenta” nashri hamda “Profil” jurnalida ishlab kelgan jurnalist Inessa Papernaya hamda sherigining Toshkent shahridagi “Karaman palas” mehmonxonasida botqoq gazidan bo‘g‘ilib vafot etgani haqida xabar tarqatdi.

Uch kishi vafot etgan

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentdagi mehmonxonada 20-oktyabr kuni uch kishi, shu jumladan, ikki Rossiya fuqarosi o‘lik holda topilgan. “Baza” telegram kanali “Karaman palas” mehmonxonasida Rossiyaning “Lenta” nashri hamda “Profil” jurnalida ishlab kelgan jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti Maksim Radchenko vafot etgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston bosh prokuraturasi esa ushbu xabarni tasdiqladi. Shuningdek, idora ma’lum qilishicha, mehmonxonaning boshqa xonasidagi hammomda O‘zbekiston fuqarosi ham o‘lik holda topilgan.

Dastlabki xulosalar

Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan dastlabki sud-tibbiy xulosasiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning o‘limiga noma’lum etiologiyali modda bilan zaharlanish sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Из-за чего умерла Инесса Паперная

“Haqiqiy sabablar topilmasligidan xavotirdamiz”

Marhumaning hamkasbi voqea sodir bo‘lgan kuni O‘zbekistonda bir haftalik ta’tildan so‘ng Moskvaga uchib ketishga tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limning taxminiy sababi botqoq gazidan zaharlanish bo‘lgan. "U qanday qilib va qayerdan paydo bo‘ldi? Odamlar o‘lishi uchun gazning konsentratsiyasi va bosimi qanday bo‘lishi kerak, bu katta masala. Biz ish chalkashtirib yuborilishi va haqiqiy sabablar topilmasligidan xavotirdamiz. Rossiya elchixonasi va konsulligi hech qanday axborot va boshqa yordam ko‘rsatmayapti," - deydi ayol.

Inessa Papernaya o‘zi kim edi?

Inessa Papernaya rossiyalik jurnalist bo‘lib, u Lenta.ru, Profil jurnali va Izvestiya kabi yirik nashrlarda ishlagan. Papernayaning jurnalistik faoliyati asosan iqtisodiy, ijtimoiy va energetika masalalariga bag‘ishlangan, va uning materiallarida davlatga qarshi yoki hukumatga ochiq tanqidiy tusdagi mazmunlar kam uchraydi. U ko‘proq Rossiyadagi iqtisodiy vaziyatlar, biznes rivojlanishi, energetika sohasidagi muammolar va turizm kabi mavzularni yoritgan. 

Теги :
Жамият