$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"O‘zbekiston 2 yil ichida JSTga aʼzo bo‘lmoqchi" — Jamshid Xo‘jayev

WTO

O‘zbekiston 2 yil ichida JSTga aʼzo bo‘lmoqchi. Bu haqda World Trade Organization xabar berdi. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni 2005-yilda to‘xtab qolgan edi.

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish maqsadida

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026-yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan vazirlar konferensiyasiga qadar ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lib kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, JST bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya raisi Jamshid Xo‘jayev maʼlum qildi. “O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish maqsadida sobit turibdi va bu yo‘nalishda ilgarilash uchun mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda”, – degan O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari. Jamshid Xo‘jayev ishchi guruh aʼzolarini O‘zbekistonning aʼzolik jarayoniga “sarmoya kiritish va qo‘llab-quvvatlash”ga chaqirgan, ularning “hamkorligi, malakasi va yordami” muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topishi uchun juda muhimligini taʼkidlagan.

Janubiy Koreyaning JSTdagi elchisi Yun Sung Dok muzokaralar

Ishchi guruh raisi, Janubiy Koreyaning JSTdagi elchisi Yun Sung Dok muzokaralar jadallashganini qayd etgan. “Biz 7-uchrashuvimizdan atigi 6 oy o‘tib yana uchrashyapmiz. Ishchi guruh uchrashuvlari oralig‘idagi qisqa vaqt ishimiz shubhasiz tezlashganini ko‘rsatmoqda. Ishonchim komilki, bu – aʼzolik jarayonini boshqarish va muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida o‘tgan yili kiritilgan institutsional o‘zgarishlar natijasi”, - dedi u.

Ikki tomonlama shartnomalar

Yun Sung Dokning so‘zlariga ko‘ra, 23-may kuni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorini qo‘llab-quvvatlash borasida norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston ishchi guruhning o‘tgan yili noyabrda bo‘lib o‘tgan 7-uchrashuvidan keyingi oylarda tashkilotning 33 aʼzosi ikki tomonlama faol muzokaralar olib borgan; Dominik Respublikasi, Isroil, Yaponiya va Urugvay bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni 2005-yilda to‘xtab qolgan, 2020-yil iyul oyiga kelib jarayon ishchi guruhning 4-uchrashuvi bilan rasman qayta boshlangan edi. Undan keyin 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida ishchi guruh yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Теги :
Iqtisodiyot