Erkaklarga jinsi shim kiyish taqiqlanmoqda
Tolibon hukumati o‘zining tashqi ko‘rinishga bo‘lgan yana bir cheklovini kiritdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati erkaklarga jinsi shim kiyishni va soch turmagini taqiqladi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
“Musulmon bo‘lmaganlar”larga taqlid qilish
Nashrning qayd etishicha, yangi qonunlar avgust oyi oxirida qabul qilingan. Ular tashqi ko‘rinish va xatti-harakatlarda “musulmon bo‘lmaganlar”ga taqlid qilishni taqiqlashga qaratilgan. Jinsi shimlar va soch turmagi taqiqlanganidan tashqari, endi afg‘on erkaklariga soqollarini kalta kesish, shuningdek, xotini yoki qarindoshlaridan boshqa ayollarga qarash ham taqiqlangan.
Tolibonning ayollarga cheklovi
Mahalliy aholi yangi cheklovlarni kutilmagan syurpriz deb atadi.
Avgust oyida Tolibon ayollarga omma oldida gapirish, yuzlarini ko‘rsatish va yupqa matodan kiyim kiyishni taqiqlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon so‘nggi vaqtlarda jamoat tartibi bo‘yicha qator cheklov va taqiqlar joriy etdi. Jumladan, zarurat bo‘lmaganda ayollarga ko‘chaga chiqish deyarli taqiqlandi.



