$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Basketbol federatsiyasi jami 489 mln. so‘m pullarni talon-taroj qilingani ma‘lum bo‘ldi

positive

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sodir etilgan jinoyatlar

Maʼlum qilinishicha, Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Y.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MCHJ tashkil qilgan. So‘ng sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln. so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln. so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga go‘yoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln. so‘m mablag‘i shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflab yuborilgan.

Jazo

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Теги :
Jamiyat