O‘zbekiston va Vengriya jinoyatchilik oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ish olib boradi
Giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan suhbat o‘tkazish orqali jinoyatni oldini olish bo‘yicha birgalikda izlanishlar o‘tkaziladi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Kriminologiya tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Berdialiyev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi davom etmoqda.
Hamkorlik masalalari
Kriminologiya tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Berdialiyev Vengriya Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi (Politsiya akademiyasi) boshlig‘i general-mayor Gabor Kovach bilan muzokara o‘tkazdi.
“Vengriya va O‘zbekiston nafaqat strategik hamkor davlatlar, balki undan ham yaqinroqdir, ya’ni qardosh xalqlardir. Biz ota-bobolarimiz Enasoy va Ural daryolari atrofida yashagan turkiy xalqlardan kelib chiqqanidan faxrlanamiz. Bu buyuk tariximizni biz avlodlar hech qachon unutmaymiz. O‘zbekistonliklar uchun eshiklarimiz doimo ochiq. Barcha sohalarda hamkorlikka tayyormiz“, dedi akademiya boshlig‘i.
Jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha ahdlashuv
Vengriya tomoni bilan giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan suhbat o‘tkazish orqali jinoyatni oldini olish sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish yuzasidan ahdlashib olindi.



