$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Bosh prokuratura: O‘zbekistondagi mahallalarning 50 foizida jinoyat sodir etilmadi

mahalla

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bosh prokurorning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Mamlakatda jinoyatchilik darajasi

Unga ko‘ra, respublikadagi mahallalarning 4 ming 708 tasida yoki 50 foizida jinoyat qayd etilmadi, 3 ming 778 tasi yoki 40 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. Shuningdek, tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 11 ming 418 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 4 ming 491 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlandi.

2 trillion so‘mlik kredit talon-taroj qilindi

Yig‘ilishda, shuningdek, kredit mablag‘lari talon-torojligining oldini olish, muammoga aylangan kredit qarzdorliklarining qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat haqida ham ma‘lumot berildi. Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 9,2 trln. so‘mi amalda undirildi, 8 trln. so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,3 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2 trln. so‘mi talon-toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 646 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Qurilish sohasidagi 2 mingga yaqin mansabdor rasman ogohlantirildi

2024-yilgi investisiya dasturi ijrosini ta’minlashda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 29 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 47 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.

Olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 347 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 520 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

1 ming 909 nafar mansabdor shaxslar rasman ogohlantirildi, 196 nafar jismo-niy va yuridik shaxslarning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Shuningdek, qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 215 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 35 mlrd. so‘mi undirildi.

Теги :
Jamiyat