$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqalarga oid jinoyat ishida OAV ishtirok etishi taqiqlanmagan

OAv sudda

Avvalroq, Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda ayblanib, ishi sudga oshirilganligi haqida xabar qilgan edik. Ma'lum qilinishicha, 5-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi. 

Rasmiy bayonot

Qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqdagi kanallarda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqalarga oid jinoyat ishining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq turli mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Toshkent shahar sudlari axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni kunlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida mazkur jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqilmoqda. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayrim sudlanuvchilarning advokatlari tomonidan protsessda ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtiroki masalasi muhokama qilinib, sud ajrimi bilan advokatlar iltimosnomasi qisman qanoatlantirilgan. Mazkur ajrimga ko‘ra, ochiq sud majlisida ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtiroki (kuzatuvchi sifatida) uzil-kesil taqiqlangani yo‘q. Biroq, ish qurollaridan foydalanishi (tasvirga va fotosuratga olishi, audio shaklida yozib olish) faqat raislik etuvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

OAV xodimlariga zarur sharoitlar yaratib beriladi

Mazkur tartib Jinoyat-protsessual kodeksining sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishiga doir 19-moddasining 9-bandi hamda Oliy sud Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qarorining 14-bandida belgilangan. Jinoyat ishi hajman katta ekani, protsess ishtirokchilari soni ko‘pligidan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalari xodimlariga zarur sharoitlar yaratib berish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Теги :
Jamiyat