$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

We Global tomonidan O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yuqori baholanmoqda

MTJ

Osiyoda futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqichi start oldi. We Global Football portali Osiyo jamoalarining 4 yillikning eng nufuzli turniriga borish imkoniyatini hisobladi.

Final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 70,3 foiz

Manba O‘zbekiston milliy jamoasining JCH—2026 final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyatini 70,3 foizga baholagan. Guruh bahslaridan keyin pley-off bosqichiga yo‘l olishini esa 28,7 foizga baholagan. Milliy jamoaning guruhda qolib ketish imkoniyati esa 1 foizni tashkil etgan. Nashr O‘zbekistonning guruhda birinchi o‘rinni olish imkoniyatini 21 foizdan biroz yuqori hisoblagan.

Guruhdagilar imkoniyati qanday baholandi?

Ushbu guruhdan Eronning to‘g‘ridan to‘g‘ri chempionatga borish imkoniyati juda yuqori baholangan — 93,7%. Birinchi turda g‘alaba qozongan BAA (19,5) bu borada 3-o‘rinda turibdi. Qatarning imkoniyati esa — 16 foiz. KXDR va Qirg‘izistonning mundialga chiqish imkoniyati 1 foizni ham tashkil etmadi.

 

Osiyo saralash bosqichidagi jamoalarning imkoniyatlari


Ma’lumot uchun, 5-sentyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi “Bunyodkor”da bo‘lib o‘tgan KXDRga qarshi uchrashuvda minimal hisobda g‘alaba qozondi. Endi ular 10-sentyabr kuni safarda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi.

Теги :
Жамият