$
 12749.75
7.99
 14142.02
106.97
 140.25
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda bo‘lib o'tayotgan musiqa festivalida o‘smirlar janjali yuz berdi

positive

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Pepsi Music Fest 2024” musiqiy festivalida ommaviy janjal sodir bo‘ldi. IIBB 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma'lum qildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Tadbir 4 soatdan ortiq davom etgan

Ma'lum qilinishicha, IIBB tarmoqlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan  “Pepsi Music Fest 2024” musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotgani aks etgan video tarqalgach, holat yuzasidan ma’lumot berdi.

6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazilgan. Tadbir soat 18:00 dan 22:20 ga qadar bo‘lib o‘tgan. Qayd etilishicha, yig‘ilganlar orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, mayda bezorilik sodir etgan. 

O'smirlarning ota-onalariga chora ko‘rilgan

“IIO xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)ga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda”, — deyiladi bosh boshqarma xabarida.

Festival yana 2 kun davom etadi

Shuningdek, tekshiruvlar davomida fuqarolar tan jarohati olgani haqida xabar kelib tushmagan. Ma’lumot uchun, musiqa festivali 6, 7 va 8-sentyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona hamda Hyatt mehmonxonasiga tutash maydonda bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq mazkur tadbirlar o‘tkazilishi sababli bir qator ko‘chalar mashinalar uchun yopilishi ma'lum qilingan edi.

Теги :
Жамият