Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 74 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +8°

Yangi yil bayramida poytaxt avtobuslari qanday ishlaydi?

“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari Toshkentda avtobus yoʻnalishlari qaysi jadval asosida harakatlanishini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yangi yil bayramida poytaxt avtobuslari qanday ishlaydi?

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari poytaxtda avtobus yoʻnalishlari qay jadval asosida harakatlanishini ma’lum qildi. Jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-213-son Farmoniga asosan ishlab chiqilgan.

Dam olish kunlari jadvali

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlari quyidagi jadval boʻyicha harakatlanadi:

- 2024-yil 14-dekabr, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

- 2024-yil 30-dekabr, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

- 2024-yil 31-dekabr, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Chegirmalar, qo‘shimcha qatnov

Avvalroq, “Uzbekistan Airways” talabalar uchun 50 % chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Chegirma joriy yilning 23-dekabridan boshlab, kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Bundan tashqari, 15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 15−31 dekabr hamda 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.