“Uzbekistan Airways” talabalar uchun 50 % chegirma e’lon qildi
Undan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarda foydalanishlari mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun 50 % chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Undan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarda foydalanishlari mumkin.
Qachongacha?
Chegirma joriy yilning 23-dekabridan boshlab, kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin. Buning uchun davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar 15−31 dekabr hamda 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.



