IT Park va Astana Hub Markaziy Osiyo innovatsiya xabini tashkil etdi
Tomonlar yangi brend ostida Markaziy Osiyoda startap ekotizimini rivojlantirish va loyihalarni xalqaro maydonga olib chiqishni maqsad qilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

“IT Park” Qozog‘istonning “Astana Hub” texnoparki bilan mintaqada startap ekotizimini rivojlantirish va innovatsion salohiyatni xalqaro maydonga olib chiqish maqsadida birlashmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki texnoparklar memorandumi
18-sentabr kuni “ICT Week” haftaligi doirasida, mazkur texnoparklar bosh direktorlari Farhod Ibragimov va Magjan Madiyev tegishli hamkorlik memorandumini imzoladi. Tomonlar “Central Asian Innovation Hubs” nomi ostida birgalikda
Bu hamkorlik umummintaqaviy identitetni yaratish, startap ekotizimini va venchur fondlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Markaziy Osiyoning istiqbolli loyihalarini xalqaro platformalarda ilgari surish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan.
Birlashgan brend
Yil oxirigacha, ikki davlatning texnoparklari birlashgan brend ostida yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Bakuda o‘tkaziladigan “InMerge” tadbirida mintaqadan 4ta startap xalqaro investor va fondlarga taqdim etiladi.
Shuningdek, San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan “TechCrunch"da 20ta, Lissabondagi “WebSummit"da esa 16ta startap ishtiroki kutilmoqda.
Bundan tashqari, mintaqaviy startap loyihalarining “Hero Training Program” (Draper University), “Stanford HealthTech Accelerator” va “Alchemist Accelerator” dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.
Global startaplar uchun imkoniyat
“IT Park” “Central Asian Innovation Hubs” yaratilishi orqali mintaqaviy startaplarning global miqyosda tanilishi ortishini kutmoqda. Asoschilarga o‘z innovatsiyalarini xalqaro platformalarda sanoat yetakchilariga taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.



