$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda aholi va ulgurji tashkilotlar uchun issiqlik va issiq suv tariflari qimmatlashmoqda

positive

Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi oshiriladi. Bu bo‘yicha 12-sentabr kuni xalq deputatlari poytaxt kengashi qarori qabul qilindi.

Tariflar narxi

Unga ko‘ra, aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tarif 15%ga — 1 Gkal uchun 121 617 so‘mga oshirilmoqda.

Aholi uchun oxirgi marta narxlar isitish mavsumi tugagach, joriy yilning 2-aprelidan ko‘tariligan bo‘lib, amalda 105 754 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, boshqa ulgurji tashkilotlar uchun ham tariflar 15%ga oshiriladi — 212 606 so‘mdan 244 497 so‘mga. Yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun naxrlar 2023-yilning 2-dekabridan buyon o‘zgarishsiz kelayotgandi.

Yangi ta'riflar qachondan ishga tushadi?

Bunda barcha tarif qiymati QQSsiz hisoblangan. Yangi tariflarning qachondan kuchga kirishiga aniqlik kiritilmagan.

“Veolia Energy Tashkent” tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlarining tartibga solinadigan bazaviy tarifi gigakaloriyasi 664 465 so‘mni tashkil etadi.

Теги :
Жамият