Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Qanday turdagi dorilar "isitma sindromi"ni keltirib chiqaradi?

O'sib boruvchi doimiy yoki remitatsion turdagi isitma 39-40 darajagacha ko'tarilishi mumkin.

2 daqiqa o‘qiladi

Qanday turdagi dorilar "isitma sindromi"ni keltirib chiqaradi?

"Kelib chiqishi noma’lum isitma" atamasi klinik amaliyotda tez-tez uchraydigan vaziyatlarni bildiradi.

Shifokor tavsiyasiz qo'llanilgan dorilar ushbu sinrdomga sabab bo'ladi

Ma'lum qilinishicha, noma’lum kelib chiqadigan isitma sindromi dori ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, dori isitmasi deb ataladi.

Dorilar nojo'ya reaksiyalarining 3-5% ni isitma tashkil qiladi. Dori isitmasi organizmning qabul qilingan ma’lum preparatlarga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan asosan o‘zboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qo‘llovchilar aziyat chekishi ehtimoli katta. 

Bemorda toshmalar tosha boshlashi mumkin

Dori isitmasi preparatni qo‘llashning 7-10-kunlaridan boshlanadi. Asta-sekin o‘sib boruvchi doimiy yoki remitatsion turdagi isitma 39 — 40 darajaga ko‘tariladi va uni keltirib chiqargan dori ichish to‘xtatilgunga qadar davom etadi. Tana harorati ko‘tarilganda, ko‘pincha titroq kuzatiladi. Qon tarkibida eozinofillar (leykotsitlar) soni ortib ketishi kuzatiladi. Biroz vaqt o‘tgach, isitma bemorning preparatga yuqori sezuvchanligiga xos bo‘lgan boshqa belgilar bilan birga keladi: qizamiqqa o‘xshash toshma, purpura, katta-katta toshmalar. Fokal nekrozli arterit, eksfoliativ dermatit, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya va boshqa og‘irroq asoratlarning rivojlanishi kamroq uchraydi. 

Shuningdek, dori isitmasi allergik reaksiya sifatida yoki preparatning organizmga bevosita toksik ta’siri natijasida rivojlanadi. Isitma uzoq vaqt davomida dori isitmasi sindromining asosiy yoki hatto yagona ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Buning sabablarini o‘rganish uchun bemorning epidemiologik tarixini, uning kasbini, odatlarini va kasallik tarixini qayta ko‘rib chiqish kerak. 

Eng ko'p qaysi turdagi dorilar guruhi isitmani keltirib chiqarmoqda?

Bemorni zamonaviy usullardan foydalangan holda takroriy chuqur tekshiruvdan o‘tkazish ham muhimdir. 

Shuning bilan birga, dori isitmasini keltirib chiqargan preparatni to‘xtatgach, har doim ham haroratning normallashishi birinchi kunlarda sodir bo‘lmaydi, preparat organizmdan chiqib ketishi bilan holat yaxshilanib boradi.

Ko‘pincha dori isitma quyidagi dorilar guruhlarini qo‘llashda paydo bo‘ladi: - mikroblarga qarshi preparatlar ; - sitostatik dorilar; - yurak-qon tomir preparatlari; - markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi dorilar; - yallig‘lanishga qarshi dorilar ; - turli xil dorilar guruhlari, shu jumladan, tarkibida yod saqlovchi konrast moddalar, antigistaminlar, klofibrat, allopurinol, levamizol, metoklopramid, simetidin va boshqalar.