$
 12653.48
-109.05
 14871.64
-106.47
 159.75
-2.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Ko‘p qavatli uylarda isitish mavsumi qachondan boshlanadi?

isitish

Qonunchilikka ko‘ra, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatishqoidalari”ga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8° C dan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8°C dan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.

Isteʼmolchi qanday huquqlarga ega?

Ko‘p kvartirali uyda issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalanuvchiisteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

— ko‘p kvartirali uyda issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan, uning mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uzluksiz ko‘rsatilishini talab etish;

— ushbu Qoidalarga va issiqlik taʼminoti shartnomasiga muvofiq, ushbu xizmatlar ko‘rsatilmagan davr uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga haq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etilgan holda, issiqlik taʼminoti shartnomasida belgilanganidan ortiqcha tanaffuslar vaqti uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga haq to‘lamaslik;

— qonun hujjatlarida, issiqlik taʼminoti shartnomasida yoki issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan holatlarda issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;

— issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblarning holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni (shaxsan yoki o‘z vakili orqali), shuningdek yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomalarni bepul olish;

— issiqlik taʼminoti xizmatlarining hajmi va sifati, uni ko‘rsatish shartlari, issiqlik taʼminoti uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash tartibi o‘zgarishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bepul olish;

— buyurtmanomalar yuborilgan paytdan boshlab issiqlik taʼminoti xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki zarur sifatda ko‘rsatilmaganligi va aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani 18 soat mobaynida olish.

Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Narxlar oshgan

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi 2023/2024 yilgi isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshirilgan edi. Xizmatlar uchun yangi chakana tarif 15 foizga o‘sib, 105 754 so‘m/Gkalni tashkil etadi.

Теги :
Jamiyat