Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

Har bir boʻsh ish oʻrni uchun 11 kishi raqobat qilmoqda

O‘zbekiston mehnat bozoridagi holat qanday?

3 daqiqa o‘qiladi

Har bir boʻsh ish oʻrni uchun 11 kishi raqobat qilmoqda

2024-yilning uchinchi choragida Oʻzbekiston mehnat bozori ijobiy tendensiyalarni koʻrsatmoqda. Boʻsh ish oʻrinlari soni 13 foizga oshib, 31 mingdan ortiqni tashkil qildi. Bu haqda HeadHunter platformasi xabar berdi.

90 foiz bo‘sh ish o‘rni poytaxtda

Ma’lum qilinishicha, boʻsh ish oʻrinlarining 90 foizdan ortigʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ish oʻrinlarining sezilarli oʻsishi Namangan (+53 foiz) va Andijon (+44 foiz) shaharlarida qayd etildi.

Boʻsh ish oʻrinlari soni boʻyicha yetakchi kasblar

Boʻsh ish oʻrinlari soni boʻyicha yetakchi kasblar savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish (jami 14,09 foiz), marketing va reklama (10,40 foiz), sport klublari va fitnes sohasiga (7,37 foiz) toʻgʻri keladi.

Maoshlarning o‘sish tendensiyasi

Ish haqining oʻsishi respublika boʻyicha oʻrtacha ish haqi deyarli 6,4 mln. soʻmni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 16 foizga koʻpdir. Maoshlarning eng katta oʻsishi uy xizmatlarida va sotuv sohasida (+19 foiz) kuzatilmoqda. Biroq axborot texnologiyalari va sugʻurta sohasida oʻrtacha ish haqining pasayishi qayd etilgan.

Platformaga 400 mingdan ortiq yangi rezyumelar joylashtirilgan

Shuningdek, platformada faol rezyumelar soni 74 foizga oshib, 400 mingdan ortiq yangi rezyumelar joylashtirilgan. Raqobat indeksi esa 10,94 ni tashkil etdi, bu bitta boʻsh ish oʻrniga oʻrtacha 11 kishi ariza topshirganini koʻrsatadi.

Oʻzbekiston mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmaydi

Yozda “Ancor” kompaniyasining “Biz xohlagan ish” tadqiqotida Oʻzbekistonda chet el korxonalari soni koʻpayishi, mahalliy kompaniyalar rivojlanishi va malakali kadrlarning yetishmasligi kuzatilayotgani ta’kidlagan edi.

Unga ko‘ra, Oʻzbekistondagi yuqori lavozimli menejerlarning 80 foizi kadrlarni rejalashtirishdagi qiyinchiliklarni qayd etadi. Shu bilan birga, respondentlarning 82 foizi iste’dodlarni izlash va saqlab qolishning eski usullari kutilgan natijani bermaydi, deb hisoblagan.

83 foizi xodimlar moslashuvchanlikni qadrlashadi

Soʻrovnomada ishtirok etganlarning qariyb 83 foizi xodimlar qayerda va qachon ishlashni tanlashda moslashuvchanlikni qadrlashini ta’kidlagan.

Rahbarlar raqamli transformatsiya va ishchilarning yanada moslashuvchan ishlash usullariga intilishi kelgusi ikki yil ichida ishchi kuchini rejalashtirishdagi eng katta muammolar boʻlishini kutishmoqda.

“Shuningdek, tadqiqotlar boshqa muammolar paydo boʻlayotganini koʻrsatdi: mehnat bozorda iste’dodlarning yetishmasligi, katta ishdan boʻshatish, iste’dodlar migratsiyasi va masofaviy ishlash, shu bilan birga, xodimlarning rollarni oʻzgartirishga tayyorligi”, – deyiladi Ancor tadqiqotida.

O‘zbekistonda yoshlar ish tanlashda nimaga e’tibor berishadi?

The Talentist tadqiqotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlarning 51,8 foizi ish tanlashda yaxshi maoshga ustunlik beradi. Shuningdek, yoshlarning 48,7 foizi uchun martaba o‘sishi imkoniyati muhim, 48,2 foiziga esa yoqimli mehnat.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlarining 43,1 foizi ish va o‘qishni birlashtirgan holda 32,7 foizi to‘liq ish kunida, 16,2 foizi esa to‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlaydi.

Murojaatchilarning 69,7 foizi qiyin hayotiy vaziyatlarda moliyaviy yordamni muhim deb biladi. Yoshlar qo‘shimcha dam olish kunlari va o‘zlari ishlayotgan korxona mahsulotlariga chegirmalarga ham ijobiy munosabatda bo‘lishadi.

26,9 foiz yosh mutaxassislar ishdan qoniqish yo‘qligi sababli ishdan ketishadi, 24,8 foizi esa noqulay jadval va 22,1 foizi juda past ish haqini deb.