$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Iqtisodiy o‘sish Qozog‘iston va O‘zbekistonda qanday bo‘ldi?

Kazahstan

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan Markaziy Osiyoning ikki yirik mamlakati o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy tendensiyalari va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘istonning iqtisodiy rivojlanishi tahlili o‘tkazildi.

YAIMlar tafovuti

2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sib, 90,9 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 5,1 foizga o‘sish bilan 261,4 mlrd. dollarga teng bo‘ldi. 2023-yilda O‘zbekistonda sanoat (qurilishdan tashqari) 6 foizga o‘sdi va ishlab chiqarish sanoati 55,9 mlrd. dollarga yetdi. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 4,3 foizga o‘sish bilan 101,7 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Ishlov berish sanoati 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ishlov berish sanoati jadal rivojlanmoqda. 2023-yilda O‘zbekiston ishlov berish sanoatida ishlab chiqarish hajmi 6,7 foizga o‘sib, 47,1 mlrd. dollarga yetgan bo‘lsa, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 4,1% o‘sish bilan 47,4 mlrd. dollarni tashkil etdi. 2017-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston qurilish sanoati ikki baravarga o‘sib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 6,4 foizga oshdi. Qozog‘istonda bu sektor so‘nggi 6-yil ichida 1,8 baravar, 2023-yilda esa 13,3 foizga o‘sgan.