Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida e’lon
“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Hurmatli aksiyadorlar!
“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘tkazish sanasi:
- 3-iyun 2026
O‘tkazish shakli:
- Masofadan turib, https://evote.uz saytida elektron ovoz berishning vakolatli xizmatidan foydalangan holda ovoz berish.
Boshlanish vaqti:
- 11:00
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish vaqti:
- 10:00
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi:
- 25-may 2026
Yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi:
- 7-may 2026
I. Kun tartibi:
- “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining 2025-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash.
- “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhi Kuzatuv kengashining 2025-yil uchun yillik hisobotini eshitish.
- 2025-yil uchun bank foydasini taqsimlash va dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish.
- Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Kuzatuv kengash tarkibini tasdiqlash va Kuzatuv kengash a’zolarini saylash.
- Bank Boshqaruvi tarkibini tasdiqlash hamda Bank Boshqaruv Raisi va a’zolarini tayinlash.
- 2026-yil uchun majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish maqsadida auditorlik tashkilotini aniqlash, uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
- Bank tomonidan affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
- “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomi va Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash.
- Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi maxsus ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar va penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosi yuzasidan qaror qabul qilish.
- “Uzyarn House Textile” MCHJga berilgan muammoli kreditni qisman hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2016-yil 5-dekabrdagi 23-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining amal qilishini bekor qilish.
II. Yig‘ilish materiallari bilan tanishish tartibi
Aksiyadorlar Yig‘ilish materiallari bilan quyida tanishishlari mumkin:
(i) Bankning korporativ veb-saytida: www.ipotekabank.uz;
(ii) vakolatli elektron ovoz berish saytida: http://evote.uz/ ; yoki:
(iii) Bankning info@ipotekabank.uz elektron pochtasi orqali yozma so‘rov yuborish.
III. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish va yig‘ilishda ishtirok etish tartibi
Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarni ro‘yxatga olish http://evote.uz/ saytidagi elektron ovoz berishning vakolatli xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va elektron ovoz berish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot ko‘rsatilgan saytda yoki quyidagi telefon orqali mavjud: +998 78 777-84-84.
Ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: +998 78-150-11-22.
Hurmat bilan,
“Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashi.
Reklama huquqlari asosida



