$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka bank “Oson” ipoteka aksiyasini ishga tushirdi

Oson

Ipoteka bank OTP Group birlamchi bozordan uy-joy xaridi uchun mo‘ljallangan “Oson” ipoteka krediti bo‘yicha yangi aksiyani ishga tushirdi

Bank ma’lumotiga ko‘ra, aksiya doirasida yillik foiz stavkasi 16,99 foizgacha pasaytirilgan.

Taklif cheklangan muddatda: 1-apreldan 30-iyungacha amal qiladi. 

480 mln so‘mgacha ipoteka

Yangilangan shartlarga ko‘ra, boshlang‘ich badal 15 foizdan boshlanadi, kredit muddati esa 20 yilgacha etib belgilangan. Kreditning maksimal summasi 480 mln so‘mgacha yetadi.

“Oson” ipoteka krediti kimlar uchun? 

Bankning aniqlik kiritishicha, “Oson” ipoteka krediti nafaqat rasmiy daromadga ega mijozlarga, balki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham ajratiladi. Bu esa ipoteka olish imkoniyatini kengaytiradi.

Mazkur taklif, avvalo, yangi qurilgan uylardan xonadon sotib olishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan. Bank ushbu kredit uy-joy xaridini yanada qulay va shaffof shartlarda rasmiylashtirish imkonini berishini bildirgan.

Kredit uchun arizani bank sayti, mobil ilova orqali yoki Ipoteka bank OTP Group’ning eng yaqin filialida topshirish mumkin. 

Aloqa markazi: (78) 150-89-13

Reklama huquqlari asosida