$
 11974.79
-54.41
 14008.11
-57.63
 159.64
-0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

AKIB “Ipoteka-bank” aksiyadorlari uchun muhim e’lon

“Ipoteka-bank” Aksiyadorlik tijorat ipoteka banki shu orqali o‘z aksiyadorlarini Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqlarini amalga oshirish imkoniyati haqida xabardor qiladi va quyidagilarni e’lon qiladi.

HURMATLI AKSIYADORLAR!

2026-yil 18-mart kuni Bank tomonidan qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi tasdiqlandi. Ushbu qo‘shimcha aksiyalar chiqarilish nominal qiymati 1,10 so‘m bo‘lgan 391 305 000 000 dona oddiy nomi yozilgan aksiyalar miqdorida amalga oshiriladi. Mazkur qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2026-yil 27-aprel 27dagi RU122P0775R7-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mazkur qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi munosabati bilan hamda Bank ustavi va O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Bankning oddiy aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlari (keying o’rinlarda “Aksiyadorlar” deb yuritiladi) o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar soniga Bank ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda taklif etilayotgan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqqa ega.

Imtiyozli huquqqa ega Aksiyadorlar ro‘yxati Bank aksiyadorlari reyestri asosida 2026 yil 13-mart holatiga ko‘ra shakllantiriladi.

Imtiyozli huquqni amalga oshirish muddati ushbu bildirishnoma e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunni tashkil etadi.

Imtiyozli huquq muddati aksiyadorlarning barchasi imtiyozli huquqni amalga oshirish yoki undan voz kechish bo‘yicha yozma arizalarni taqdim etgan taqdirda, belgilangan muddat tugashidan oldin yakunlanadi.

Aksiyalarni joylashtirish narxi har bir aksiya uchun 1,10 so‘m (1 so‘m 10 tiyindan) tashkil etadi.

Aksiyadorlar o‘zlarining imtiyozli huquqlarini to‘liq yoki qisman amalga oshirish huquqiga ega bo‘lib, buning uchun Bankga aksiyalarni sotib olish bo‘yicha yozma ariza yuborishlari kerak. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

-       Aksiyadorning ismi (kompaniya nomi) va joylashgan manzili (yuridik manzil);

-       Sotib olinadigan aksiyalar soni;

-       To‘lovni tasdiqlovchi hujjat.

Aksiyador yuqorida ko‘rsatilgan arizani ushbu bildirishnoma e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kuni ichida Bankning quyida ko‘rsatilgan pochta manziliga yoki elektron pochta manziliga yozma shaklda yuborishi lozim:

-       Manzil: ATIB “Ipoteka-bank”: 100000, Toshkent, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 30;

-       Elektron pochta: info@ipotekabank.uz;

-       Telefon: +998 78 150 11 22 yoki 1233;

-       Rasmiy veb-sayt: www.ipotekabank.uz.

Reklama huquqlari asosida